Maqsadimiz So`lom bola – Sog`lom oilaning mevasi, sog`lom fikrli yuksak ma`naviyatli muallim ishonchi, farzandlariga qanot bergan yurt tayanchi. Zero, ezgu maqsadimiz: Yoshlarimizni hech kimning qo`liga bermaymiz! Ularni o`zimiz tarbiya qilamiz!
Yilning eng yaxshi o`qituvchisi faoli Quramboyev Baxrom Shomuratovich
Bir yilda Yer sayyorasi Quyosh atrofida deyarli milliard kilometr masofani o’tadi. Yer o’qi orbitaga nisbatan biroz qiyaroq joylashgan. Shu tufayli Quyosh yil mobaynida Shimoliy va Janubiy yarimsharlarni turli kuch bilan isitadi. Bizning kengliklarimizda to’rt fasl (bahor, yoz, kuz, qish) ning mavjudligiga asosiy sabab ana shu.Qish. Qish –yilning eng sovuq fasli. U qishki quyosh turishi kuni, ya’ni 22-dekabrdan boshlanadi. Ana shu kun – yilning eng qisqa kuni. Shu kundan boshlab kunlar borgan sari uzayib boradi. Qishda ko’p daraxtlar o’sishdan to’xtaydi, ba’zi hayvonlar (masalan, ayiq) uyquga kiradi.Bahor. Astronomiya kalendari bo’yicha bahor 20 martdan boshlanadi. Ana shu kuni kechasi bilan kunduzi tenglashadi va kecha-kunduz tengligi deb ataladi. So’ngra kunlar asta-sekin uzaya boradi, havo issiqlashadi. O’simliklar uyg’ona boshlaydi va gullaydi.Yoz. Yoz 21-iyundan boshlanadi. Shimoliy yarimsharda bu kun yilning eng uzun kuni hisoblanadi, u 16 soatcha davom etadi. Bu kun yozgi Quyosh turishi deb ataladi. Shu kuni o’zining eng baland holatini egallaydi. Har yili 21-iyundan boshlab kunlar yana qisqara boradi. Bizning kengliklarimizda yoz hamma fasllardan issiqroq bo’ladi.Kuz. Har yili kuz 23-sentabrdan boshlanadi. Shu kuni yana kecha-kunduz tengligi yuz beradi, keyin har kuni tong kechroq otadi, kechqurun vaqtliroq qorong’ilashadi. Shimoliy yarimsharda Quyosh nurlari borgan sari qiyaroq tushadi, Yer sirtini deyarli “siypab” o’tadi. Harorat pasayadi, daraxt barglari sarg’ayib, to’kila boshlaydi.
Aforizmlar –falsafiy mushohadalarni ifodalashning deyarli eng qulay shaklidir.
L.N.Tolstoy
Ushbu mislolga e`tibor bering
Oy - sayyora, Yerning yo`ldoshi. U Yer shari atrofida, Yer esa o`z navbatida Quyosh atrofida aylanadi. Oy 29,5 kecha-kunduzda Yer atrofini bir marta to`liq aylanib chiqadi. Shu bilan bir vaqtda, u o`z o`qi atrofida ham aylanadi. Shuning uchun ham biz Oyning faqat bir tomonini ko`ramiz. Ammo 1959 yilda uchirilgan sovet uchish apparati Oyning biz shu vaqtgacha xech qanday ta`savvurga ega bo`lmagan orqa tarafini suratga tushirishga muvaffaq bo`ldi. Oy – o`lik osmon jismi: unda na atmosfera, na suv yo`q. Binobarin, unda xayot bo`lishi ham mumkin emas.Oy nuri Quyoshdan kelayotgan yorug`likning zaif aksidir. Shuning uchun ham u bir oy davomida o`z qiyofasini ko`p marta o`zgartiradiganga o`xshab kurinadi. Quyosh Oyning orqa tomonini yoritganda, u bizga ko`rinmaydi. Oy - nisbatan sayyora. Uning diametri Yernikiga nisbatan 4 marta kichik. Yerdan Oygacha bo`lgan masofa - 384 400 km.1969 yil 20 iyuldan 21 iyulga o`tar kechasi amerikalik astronavtlar Armstrong va Oldin Oyga qadam qo`yishdi. Bu parvoz va avtomatik kemalar yordamidagi keyingi tadqiqotlar Oy tuprog`idan Yerga na`muna olib kelishga va bu yo`ldosh haqida ko`p narsalarni bilib olishga imkon berdi.
Bir tentakka otasidan podsholik meros qolibdi. U tentak gap-so‘zda yo‘q ekan. Biror yig‘ilishda gapirmoqchi bo‘lsa, maza-bemaza gaplarni gapirib qo‘yar ekan. Bundan vazirlari ko‘p o‘sal bo‘lishar ekan. Ular bir kuni maslahat qilishib, podshoga shunday deyishibdi: — Taqsir, siz gap-so‘zga yo‘qsiz, doim yomon gaplarni gapirib qo‘yib, odamni o‘sal qilasiz. Endi shunday bo‘lsin, gapiradigan vaqtingizda bizning og‘zimizga qarab turing, gapingiz durust bo‘lsa, biz «him» deb qo‘yamiz, gapiraverasiz. Agar gaplaringiz yaxshi bo‘lmasa, kallamizni qimirlatib «yo‘q» deb qo‘yamiz, gapirmaysiz. Podsho: — Yo‘q bo‘lmaydi, agar unday qilsalaring, men bilan gaplashgan odamlar, «Bu podsho hech gap bilmas ekan, vazirlarining gapi bilan ish tutar ekan», deyishadi. Boshqa yo‘lini topinglar! — debdi. Shunda vazirlar: — Bo‘lmasa, siz taxtda o‘tirasiz, biz oyog‘ingizga ip bog‘lab, taxtning tagi bilan olib kelib ushlab o‘tiramiz. Durust gapirsangiz ishimiz bo‘lmaydi. Agar yomon gapirsangiz, sekin ipni tortib qo‘yamiz, — deyishibdi. Podsho bunga rozi bo‘libdi. Ertasiga vazirlaridan biri kelib: — Taqsir, bir-ikkita elchi keldi, — debdi. Podsho: — Ayt kirsin! — debdi. Ungacha podshoning oyog‘iga ip bog‘lab qo‘yishibdi. Elchilar ta’zim qilib kirib kelishibdi. Podsho: — Xo‘sh, nima xizmat bor? — deb so‘rabdi. Elchilar: — Taqsir, bizning podshohimiz «tinchlik bo‘lsin» deydilar. Bizni, borib shahanshoh bilan «mamlakatning tinchlik, omonligidan gaplashib kelinglar», deb yubordilar, — deyishibdi. Shunda podsho turib: —Ha… Sizlarning mamlakatlaringizdagi mol, otlar yo‘g‘on-yo‘g‘on tezaklaydimi yoki mayda-maydami? — deb so‘rabdi. Vazirlar ipni bir tortib qo‘yishibdi. Kelgan elchilar «bu podsho nimaga bunday dedi», deb hayron bo‘lib turishibdi. Shunda bosh vazir ipni tortibdi-da, o‘rnidan turib: — Ey, elchilar, agar mamlakatda tinchlik bo‘lsa, mol, otlar atrofga chiqib yaylovlarda durustroq o‘tlab, qorni ovqatga to‘ysa durustroq tezaklaydi. Agar mamlakat notinch bo‘lib tursa, shahardan tashqari chiqqan mollarni bosmachilar so‘yib yeb tursa, hech kim mol, otini tashqariga chiqarmay qo‘yadi. Unda mol, otlar ham tuzuk ovqat yemay, mayda-mayda tezaklaydi. Bizning podshomiz ko‘p dono odam bo‘ladilar. Sizlardan ot, mollarni qanday tezaklashini so‘rash orqali mamlakatingizning tinch-notinchligini bilmoqchilar,— deb arang to‘g‘rilabdi. Elchilar javob qilganlaridan so‘ng podsho yana: — Sizlarning yurtingizda xotinlar tez tug‘adimi? — deb so‘rabdi. Vazirlarning joni chiqib, ipni yana qattiqroq tortib qo‘yishibdi. Elchilar javob bermabdilar. Shunda-bosh vazir: — Taqsirlar, agar mamlakatda tinchlik bo‘lsa, hamma tinch bo‘ladi, xotinlar ham vaqtida tug‘averadi. Agar mamlakat notinch bo‘lsa, hamma tashvishda qolib, bola ham odamlarning ko‘ngliga sig‘may qoladi. Xotinlar ham kam bola tug‘adi, bizning podshomiz mamlakatingizning tinch, notinchligini shundan ham bilmoqchi bo‘ladilar, — desa, elchilar bunga ko‘p qoyil qolib: — Xotinlar ham to‘qqiz oyda bolalab turishibdi, taqsir! Shohlaring ko‘p seraql, dono odam ekanlar, — deyishsa, podsho turib: — He, mana bu ip tortarlar bo‘lmaganida, menda bunaqa gapdan juda ko‘p edi, — degan ekan.